Xizmatdan foydalanish shartlari
Ertakchi (ertakchi.maisa.uz va Telegram'dagi @ertakchiuzbot) ota-ona kiritgan ma'lumotlar (bolaning ismi, yoshi, qiziqishlari) asosida sun'iy intellekt yordamida bolalar uchun ertak matnini yozadi va uni ertakchi ovozida, fon musiqasi bilan audio yozuv qilib beradi. Xizmatdan kattalar (ota-onalar va bolaning yaqinlari) foydalanadi. Xizmatdan foydalanish — ushbu shartlarga rozilik bildirishdir.
Bu yerda faqat bolalar uchun mehrli, beozor ertaklar yaratiladi. Qo'rqinchli yoki zo'ravon mazmun, haqorat, nafrat, siyosiy va diniy targ'ibot, kattalar uchun mavzulardagi so'rovlar qabul qilinmaydi. Kiritilgan matn va ismlar uchun foydalanuvchi javobgar; bolaning familiyasi, manzili, bog'cha yoki maktab nomi kabi ma'lumotlarni kiritmang.
Yaratilgan ertakdan shaxsiy maqsadlarda erkin foydalanishingiz mumkin: tinglash, yuklab olish, yaqinlaringizga ulashish. Ulashish havolasi orqali ertakni faqat havolani olgan odamlar to'liq tinglay oladi. Ertak sukut bo'yicha umumiy «Ertaklar» bo'limida ham ko'rinadi (shu ismli boshqa bolalarning ota-onalari uni yarim narxga olishi mumkin) — buni ertak sahifasidagi «Hammaga ochiq» belgisi bilan istalgan payt o'chirib qo'yasiz.
Biz Telegram akkauntingizning ochiq ma'lumotlarini (ID, ism, username) va siz kiritgan ma'lumotlarni (jumladan bola ismi va yoshini) xizmat ko'rsatish uchun saqlaymiz. Batafsil: maxfiylik siyosati.
Savol va murojaatlar Telegram bot orqali qabul qilinadi: @ertakchiuzbot.